Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Prezident

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari telefon orqali muloqotda Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini qutladilar va avval erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligini qayd etdilar


TOSHKЕNT, 13 may. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Prezidentlar muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu istaklarini izhor qildilar.
Qirg‘iziston Prezidentining joriy yil mart oyidagi mamlakatimizga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.
Savdo, sanoat, energetika, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy kengashnin...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar...

O‘zbekiston Prezidenti: Bir-birimizni qo...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Dushanbe shahridagi “Do‘stiy” maydonida Is...

O‘zbekiston Prezidenti Xo‘jandga keldi...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining ikkinchi kuni D...

So`nggi yangiliklar