Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Aprel/2021   Prezident

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari muloqotni mustahkamlash yo‘llarini ko‘rib chiqdilar

TOShKENT, 30 aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbatda mintaqaviy hamkorlik va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni va uni tez fursatda hal qilishni muhokama qildilar. Qirg‘iziston va Tojikiston tomonlari vaziyatni barqarorlashtirish va uning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan kelishuvlarga erishgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yuzaga kelayotgan barcha bahsli masalalar ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik ruhidagi muloqot asosida hal qilinishi zarur ekani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari joriy yil mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammit yakunida qabul qilingan qo‘shma qaror va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Qabul qilingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish va ustuvor loyihalarni ilgari surish maqsadida faol almashinuvlarni davom ettirish va hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Mavzuga oid

Xorijiy davlat rahbarlari O‘zbekiston P...

Mamlakatimizda 2021 yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekist...

Turkmaniston Prezidenti telefon orqali m...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan...

O‘zbekiston Prezidenti amalga oshirilayo...

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand ...

So`nggi yangiliklar