Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   Prezident

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

TOSHKЕNT, 20-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun  Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari  matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Prezidentlar ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, tovar ayirboshlash ortayotgani va kooperatsiya aloqalari kuchayib borayotgani, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan savdo va logistika, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo va farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidenti tomonidan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek, ochiq, amaliy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Navoiy viloyatida...

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Navoiy viloyatida hamda gidroenergetika tarmog‘ida amal...

O‘zbekiston Prezidenti SHHTning Dushanbe...

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti – Dushanbe shahrid...

O‘zbekistonda To‘qimachilik sohasini qo‘...

O‘zbekiston Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida qayta ishlash va...

So`nggi yangiliklar