Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Aprel/2021   Markaziy Osiyo

O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlari “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi


TOShKENT, 11 aprel. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlarini bog‘lovchi chegara hududda (“G‘ishtko‘prik” – “Jіbek joli”) “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markaziga tamal toshi qo‘yish marosimi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz hukumati rahbarining matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston Bosh vaziri Askar Mamin ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda Davlatlarimiz rahbarlarining o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan samimiy, iliq munosabatlari tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalari yanada mustahkamlanib borayotgani, Prezidentlarimizning tashabbuslari va siyosiy irodalari tufayli ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilib, o‘zaro manfaatli loyihalar bilan boyitilayotgani ta’kidlandi.

“Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi ushbu loyihalarning amaldagi ifodasidir.

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu loyiha nafaqat ikki tomon uchun samarali bo‘ladi, balki mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga ham qo‘shimcha turtki beradi.

Qozog‘istonga tashrif doirasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashish va ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalari ishtirokida ishchi yig‘ilishi ham o‘tkazildi.

Yig‘ilishda qardosh xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishning maqbul yo‘llari atroflicha muhokama qilindi.

Mavzuga oid

MOXI ekspertlari: Markaziy Osiyo mamlaka...

«Markaziy Osiyo mamlakatlararo aloqalarning tiklanishi, O‘zbekiston tashqi siyosatidagi mu...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Bishkek...

Bishkekda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Ko...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dushanb...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 30 mart kuni «Osiyo yuragi – Istanbul j...

So`nggi yangiliklar