Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Siyosat

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi


TOSHKENT, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. 2019 yil 15 aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mehnatkash-migrantlar va O‘zbekistondagi Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo Bitim 2021 yil 4 apreldan kuchga kirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 TIV maʼlum qilishicha, hujjatda mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyati va mehnatga haq to‘lashni tartibga solish, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida noqonuniy mehnat faoliyatining oldini olish nazarda tutilgan.

Bitimda mehnatkash-migrantlarning quyidagi huquqlari belgilangan:

– qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga va mehnat shartnomasiga muvofiq dam olish;

– qabul qiluvchi davlat qonunchiligi bilan belgilangan ro‘yxatga muvofiq atrofdagilarga xavf soluvchi o‘tkir kasalliklar bo‘yicha kafolatlangan hajmda bepul tibbiy yordam olish;

– qabul qiluvchi davlat vakolatli organlaridan qabul qiluvchi davlat hududida bo‘lish va unda mehnat faoliyatini amalga oshirish shartlari va tartibi, shuningdek, uning qonunchiligidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga taalluqli axborot olish.

Bitimda, shuningdek, mehnatkash-migrantlar tomonidan qabul qiluvchi davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida taʼlim to‘g‘risida hujjatlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan taʼlim to‘g‘risida hujjatlarni tan olish protseduralarini o‘tkazmasdan tan olinadi.

Bunda pedagogik, tibbiy yoki farmatsevtika sohasida taʼlim olgan mehnatkash-migrantlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan taʼlim to‘g‘risida hujjatlarni tan olish protsedurasidan o‘tadilar va ular qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan tartibga muvofiq tegishli pedagogik, tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladilar.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz. saytida tanishish mumkin.

Mavzuga oid

Malayziyadagi o‘zbek yoshlaridan bayram ...

Mamlakatimiz Davlat Mustaqilligining 29 yilligi arafasida xorijda tahsil olayotgan o‘zbeki...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Se...

Bugun, 19 iyun kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshin...

Shavkat Mirziyoyev: Xalqimizning bukilma...

Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llanayotgan bu yilgi Murojaatnoma, o‘tgan yillardan farqli ...

So`nggi yangiliklar