Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Prezident

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Nur-Sulton shahrida mamlakatimiz elchixonasi yangi binosining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdilar


 TOSHKENT, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga davlat tashrifi doirasida Nur-Sulton shahrida mamlakatimiz elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qosim-Jomart Toqayev ramziy bog‘ichni kesib, yangi binoni tantanali ravishda ochdilar.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar elchixonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Zamonaviy bino yurtimiz quruvchilari tomonidan barpo etilgan. Xonalar milliy uslubda bezatilgan.

Diplomatik vakolatxona hududida asosiy bino, konsullik bo‘limi, xodimlar uchun uy, diplomatik missiya rahbarining qarorgohi, bolalar va sport maydonchalari joylashgan.

Muzokara xonalari, anjumanlar zalida barcha sharoitlar mavjud. Elchixonaning o‘z kutubxonasi ham bor.

Ish jarayonlarini samarali tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilgan, axborot texnologiyalari keng joriy qilingan. Bu yerdagi interfaol uskunalar muzokaralarni onlayn shaklda o‘tkazish imkonini beradi. Konsullik faoliyati uchun “elektron navbat” tizimi o‘rnatilgan, bu yerga keluvchilar maʼlumotlarni interfaol tarzda olish imkoniyatiga ega.

Alohida ehtiyojli odamlar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, yangi elchixona binosida barchasi ish sifati va samarasi yuqori bo‘lishiga, qardosh mamlakat bilan sheriklikni yana-da kengaytirishga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdilar.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi yig‘...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olis...

O‘zbekiston Prezidenti yangi qurilayotga...

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida olib borilayotgan bunyodkorlik is...

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari ko‘...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telef...

So`nggi yangiliklar