Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/May/2020   Siyosat

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bayram – fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba kuni munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, mamlakatlarimiz faxriylari va birodar xalqlariga tinchlik, sihat-salomatlik va farovonlik tiladilar.

Chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Jabr ko‘rgan tumanlarda aholiga manzilli yordam ko‘rsatish va infratuzilmani tiklash bo‘yicha navbatdagi qadamlar kelishib olindi.

Prezidentlar koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyatni ham ko‘rib chiqdilar. Pandemiyaga qarshi kurash, aholi va biznes uchun cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish borasida mamlakatlarimizda ko‘rilayotgan choralar qo‘llab-quvvatlandi.

Muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni tez fursatlarda amalga oshirish, jumladan, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati, transport va logistika, boshqa tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni tayyorlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari xalqaro ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Suhbat yakunida ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan keng ko‘lamli O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini kengaytirishga intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Afg‘...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Afg‘oniston Islo...

O‘zbekiston Prezidenti: Hududlarda yoshl...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroportida masʼul rahbarlar ishtirokida...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqaraga ke...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Reje...

So`nggi yangiliklar