Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Sentabr/2021   Tadbirlar

O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari yangi tarixiy bosqichda taraqqiyot va xavfsizlikka tahdidlarni muhokama etmoqda

TOSHKENT, 20-sentabr. /“Dunyo” AA/. Bugun ertalab Toshkentda “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusidagi konferensiya boshlandi, deb xabar bermoqda voqea joyidan “Dunyo” AA muxbiri Jamshid Mutalov.


Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamda “Valday” xalqaro munozara klubi tomonidan tashkil etildi.

Anjuman SMTI va “Valday” xalqaro munozara klubi hamkorligida 2019 yilda Samarqandda «Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik muammolari oldida ko‘p tomonlama hamkorlik» mavzusida tashkil etilgan X Osiyo konferensiyasi va «Rossiya - O‘zbekiston: yangi dunyo tartiboti sharoitida ikki tomonlama o‘zaro munosabatlarning istiqbollari» maxsus sessiyasi doirasida boshlangan o‘zbekistonlik va rossiyalik ekspertlar muloqotining mantiqiy davomidir.

O‘zbekiston poytaxtidagi anjumanda ishtirok etish uchun ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassislar, “Valday” xalqaro munozaralar klubining siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xavfsizlik sohasidagi taniqli ekspertlari, shuningdek, Rossiyaning yirik ommaviy axborot vositalari xodimlari yig‘ilgan.

O‘zbekiston-Rossiya muloqotida anʼanaviy tarzda ikki mamlakatning yuqori martabali vakillari – Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev, Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko ishtirok etadi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, SMTI direktori Eldor Aripov, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev va boshqa ekspertlar so‘zga chiqadi.

Rossiya tomonidan “Valday” xalqaro munozara klubi Rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi raisi Andrey Bistriskiy, “Valday” jamg‘armasining tadqiqot ishlari bo‘yicha direktori, Tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha kengash prezidiumi raisi, «Xalqaro sharh» dasturi muallifi va boshlovchisi Fyodor Lukyanov, “Valday” klubi dastur direktori Timofey Bordachev, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Yevroosiyo tadqiqotlari markazi direktori Ivan Safranchuk, Rossiya Federatsiyasi “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti Yevropa va xalqaro keng qamrovli tadqiqotlar markazi direktorining o‘rinbosari Vasiliy Kashin va boshqalar ishtirok etadi.

Mavzuga oid

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirini...

O‘zbekiston Prezidentining 18 avgustdagi qarori bilan investitsiyalar va tashqi savdo vaz...

O‘zbekiston elchisi Yevroosiyo iqtisodiy...

Bugun Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) binosida O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov...

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlarining...

Bugun ertalab O‘zbekiston poytaxtida «BMT Global aksilterror strategiyasi (GATS)ni amalga ...

So`nggi yangiliklar