Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Avgust/2022   Prezident

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibiga oid dolzarb masalalarni muhokama qildilar

TOSHKENT, 22-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbarining Matbuot xizmati maʼlumotga ko‘ra, ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni hisobga olib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil sentyabr oyi o‘rtasida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasidagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

Hukumatlar va idoralar darajasidagi faol aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni qo‘llab-quvvatladilar. Shu munosabat bilan joriy yilning kuzida mamlakatimizda Hududlararo forumning o‘tkazilishiga muhim ahamiyat berilmoqda.

Surat “Dunyo” AA arxividan.

Mavzuga oid

Germaniya Prezidenti O‘zbekiston yetakch...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynma...

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi b...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudi...

O‘zbekiston vakili SHHT Mintaqaviy aksil...

Dushanbeda o‘tayotgan SHHT sammitida Davlat rahbarlari kengashi O‘zbekiston Prezidenti huz...

So`nggi yangiliklar