Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Mart/2021   Siyosat

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Moskvada oliy va yuqori darajalardagi tadbirlar jadvalini muhokama qildi


TOSHKENT, 2-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida amaliy tashrifi davomida bugun Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, uchrashuv chog‘ida vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya tomonini joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilgan maktubini topshirdi.

Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.

Ilgari erishilgan kelishuvlarning ijro jarayoni hamda bo‘lajak oliy va yuqori darajalardagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklash masalasini, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga kirishi bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish imkoniyati yuzasidan fikr almashdi.

Vazirlar BMT, MDH, SHHT hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning turli jihatlari borasida ham so‘z yuritdi.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, inklyuziv afg‘onlararo muzokaralarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va Afg‘oniston ishtirokida transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘lidagi saʼy-harakatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tashqi ishlar vazirlarining ommaviy axborot vositalari uchun brifingi o‘tkazilib, muzokaralarning natijalari eʼlon qilindi va jurnalistlar savollariga javob berildi.

Mavzuga oid

SHHT TIV rahbarlarining bo‘lajak uchrash...

2020-yil 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanx...

MDH Iqtisodiy kengashi qoshidagi Iqtisod...

O‘zbekiston raisligida chorshanba kuni Moskva shahrida MDH Iqtisodiy kengashi qoshidagi

O‘zbekiston Prezidenti Sergey Lavrovni q...

Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizd...

So`nggi yangiliklar