Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim loyihasini imzolash masalalarini muhokama qilmoqda

 TOSHKENT, 30-sentyabr. /“Dunyo” AA/.  Kecha O‘zbekiston Transport vazirligida Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


 Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida Saudiya Arabistoni  va O‘zbekiston o‘rtasida transport, xususan, havo transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish va turizm yo‘nalishida aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

 Transport vaziri Ilhom Mahkamov bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi aloqalar jadal rivojlanib borayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 17-19 avgust kunlari Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi davomida ikki mamlakat transport idoralari tomonidan fuqaro aviatsiya sohasida Anglashuv memorandumi imzolanganligi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur tashrif davomida transport, xususan, havo transporti sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yana-da kengaytirish, shaharlarimiz o‘rtasida muntazam aviareyslarni tashkillashtirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Natijada bugungi kunda «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan “Toshkent-Jidda-Toshkent” yo‘nalishida haftasiga 7 marotaba aviaqatnovlar  bajarilmoqda. «Uzbekistan Airways» AJga haj va umra safarlari doirasidagi mavjud reyslarda tijoriy yuk tashishni amalga oshirish huquqi taqdim etildi.

Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya Saudiya Arabistoni aviakompaniyalari O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab aviareyslar amalga oshirishda qulayliklarni yaratib berishda ko‘mak ko‘rsatilayotgani uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi izhor etdi. Ayniqsa, “Flynas” aviakompaniyasiga O‘zbekiston shaharlariga parvozlar amalga oshirish huquqi berilishi natijasida “Jidda-Toshkent-Jidda” yo‘nalishida haftasiga 2 marotaba aviareyslar yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish, davlatlarimiz o‘rtasida keng qamrovli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelgusida Saudiya Arabistoni aviakompaniyalarini «Ziyorat turizmi» dasturi doirasida tarixiy shaharlar - Samarqand, Buxoro hamda Urganchga muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Muzokaralar yakunida  tomonlar yaqin muddatlar ichida yangilangan Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqishni yakunlab, uni imzolashga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim loyihasini imzolash masalalarini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston Transport vazirligida Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mavzuga oid

Buxorodagi “Janubiy kemachi” konida tabi...

Buxorodagi “Janubiy kemachi” konida tabiiy gaz olinadigan yangi quduq ochildi.

Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi bil...

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Osiyo taraqqiyot banki maslahat kengashi v...

Moliya vazirligi navbatdagi suveren xalq...

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini Lon...

So`nggi yangiliklar