Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   Dolzarb

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari hamkorligi masalalari muhokama qilindi

AR-RIYOD, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi (SAP) elchixonasi tomonidan O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhratjon Sobirov boshchiligidagi delegatsiyaning Podshohlikka tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Jidda shahrida ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi ishchi guruh yig‘ilishining 2-davrasini o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir boshida SAP ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Abdulaziz al-Dovud so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari kun sayin rivojlanib, o‘zaro tashriflar almashinuvi ortib borayotgani, bu esa o‘zaro manfaatlarga birdek xizmat qilishini taʼkidladi. Shu o‘rinda u xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi hamda buning amaliy natijasi sifatida ishchi guruh tuzilib uning yig‘ilishlari muntazam ravishda o‘tkazilayotganini qayd etdi. Shuningdek, tadbirning birinchi davrasi 2021 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkent shahrida yuqori saviyada o‘tkazilganligini iliqlik bilan esga oldi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Jidda shahrida joylashgan Dengiz xavfsizlik akademiyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida ushbu muassasada bo‘ldi. Akademiya rahbariyati tomonidan hozirgi kunda mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilgani, ular ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinayotgani hamda akademiya xodimlarini ilmiy va amaliy nazariyasini takomillashtirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etilgani aytib o‘tildi. Bu borada O‘zbekistondagi tegishli idoralar bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga tayyorlik maʼlum qilindi.

Shuningdek, Makka shahrida joylashgan SAP Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “911” raqami bilan tashkil etilgan Xavfsizlik amaliyotlari milliy markazi faoliyati bilan tanishish maqsadida delegatsiya aʼzolari mazkur muassasaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida masʼullar markaz faoliyatiga doir taqdimotlar tashkil etib, keng maʼlumotlar berdi. Bunda Podshohlik fuqarolari va unda istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari tomonidan yo‘l harakati, yong‘in, sog‘liqni saqlash va shu boshqa yo‘nalishdagi jinoyatlar haqidagi murojaatlarni ko‘rib chiqilishi, ularning tezkor hal etish bo‘yicha yuqori texnologiyalardan foydalanilayotganligi hamda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni bajarayotgan ishlariga qarab rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilganligini ham aytib o‘tdi.

Xavfsizlik amaliyotlari milliy markazi faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashishga tayyor ekanligi bildirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonga uchayotgan xorijiy mamlaka...

2020-yilning 1-iyul kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga parvozni amalga oshirayotga...

Polshadan munosabat: O‘zbekistonda inson...

Polsha Seymi (parlamentning quyi palatasi) a’zosi Pavel Beyda “Dunyo” AA muxbiriga davlati...

Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzoda...

Toshkent shahrida boshlanayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik....

So`nggi yangiliklar