19/Avgust/2021 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 19 avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Shveysariya Konfederatsiyasi tashqi ishlar federal maslahatchisi (vaziri) Ignatsio Kassis o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tashqi siyosiy idoralar rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shveysariya fuqarolarini O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan evakuatsiya qilish bilan bog‘liq tashkiliy va texnik masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.