Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2020   Siyosat

O‘zbekiston va Shveysariya Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari o‘rinbosarlari turli sohalardagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar


TOSHKENT, 22 iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar federal departamenti (vazirligi) davlat kotibining o‘rinbosari Kristina Lang bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV veb-sayti xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-Shveysariya munosabatlarining hozirgi rivojlanish dinamikasini yuqori baholadilar, turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya sohalaridagi hamkorligning ustuvor xususiyatga egaligi qayd etildi.

Telefon orqali suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatlarning boshqa jihatlari, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar doirasidagi hamkorlikka doir masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar v...

O‘zbekiston Afg‘onistonni azaliy do‘stlik rishtalari, umumiy tarix, din, urf-odatlar va a...

Turkiya tashqi ishlar vazirligi va vazir...

18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Turkiyadagi vatand...

Raqobat – bozor iqtisodiyotiga qat’iy o‘...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat m...

So`nggi yangiliklar