Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Singapur prezidentlarining muzokaralari tafsilotlari Saudiya Arabistoni matbuoti nigohida

 AR-RIYOZ, 27-may. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonining “Garbnews.net” elektron nashri sahifasida O‘zbekiston va Singapur prezidentlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Jurnalist Rixam al-Sindining taʼkidlashicha, oliy darajadagi ushbu O‘zbekistonga tashrif ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 25 yilda ilk bor amalga oshirilgan.

Muzokaralar davomida siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yana-da mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab quvvatlash, davlat boshqaruvi, jamoat xavfsizligi, madaniy-gumanitar sohalarda o‘quv dasturlarini amalga oshirish masalalariga katta eʼtibor qaratildi. Savdo, iqtisod va investitsiya sohalarida sezilarli yutuqlarga erishilgani qayd etildi.

Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi bir necha barobar oshgani holda Singapur O‘zbekistondagi eng yirik investorlardan biriga aylandi.

“Garbnews.net” nashrining qayd etishicha, bugungi kunda Singapurning “Indorama”, «Meinhardt group», «Franklin Templeton», “Enercon”, “BSA”, «Aeroport Changi» kabi yetakchi kompaniyalari hamda kimyo va to‘qimachilik sanoati, transport va logistika, shaharsozlik sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalari bilan bir qatorda, transport xizmatlari va xususiylashtirish sohalarida 3,8 milliard AQSH dollariga teng loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi negizida tashkil etilgan qo‘shma o‘quv markazi doirasida davlat boshqaruvi sohasida Singapur tajribasini o‘ranish va maʼmuriy kadrlar tayyorlash muhimligi alohida urg‘ulangan.

Davlat rahbarlari Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi mintaqaviy integratsiyaning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, xalqaro maydonda, avvalambor, BMT doirasida va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi jarayonida o‘zaro tushunish va qo‘llab-quvvatlash yuksak darajada ekanini taʼkidladilar, deb yozadi Saudiya Arabistoni axborot resursi.

 

Mavzuga oid

BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqti...

Bu haqda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijt...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Yevr...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Yevropa Ittifoqining Markaziy Osi...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Bos...

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Ta...

So`nggi yangiliklar