Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Sayyohlik

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida turizm, islom madaniyati va islom tadqiqotlari sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

BANGKOK, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Bangkok shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Bangkok Islom qo‘mitasi idorasi vitse-prezidenti Prasob Pusamleye, Arab universitetlari bitiruvchilari uyushmasi (Arab Universities Alumni Association) prezidenti G‘azi Shamsuddin bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Maʼlumot o‘rnida qayd etish joiz, Bangkok Islom qo‘mitasi idorasi  1945 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mazkur shahardagi 180 dan ziyod masjidlar faoliyatini tartibga soladi. Tashkilotning faoliyat yo‘nalishlariga yoshlar masalalarini muvofiqlashtirish, jamiyatdagi birdamlik va konfessiyalararo muloqotni takomillashtirishga xizmat qilish kabi vazifalar ham kiradi.

Uchrashuvda Bosh konsulxona tomonidan O‘zbekistonning ziyorat turizm, sayyohlik, gastronomik va qishki turizm bo‘yicha salohiyati hamda hunarmandchilik mahsulotlariga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqandda bunyod etilgan “Boqiy shahar” majmuasi va respublikada xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tay tomoni, o‘z navbatida, Qirollikning musulmon aholisi orasida O‘zbekistonning islom qadamjolarini ziyorat qilish, islom muhaddislari Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa buyuk allomalarning ilmiy merosini yaqindan o‘rganishga katta qiziqish mavjudligi taʼkidlandi. Ikki mamlakat o‘rtasida noyabr oyida aviaqatnovlarning tiklanishi mazkur yo‘nalishda sayyohlar oqimini yana-da oshirishga xizmat qilishi alohida urg‘ulandi.

Muzokaralar yakunida ziyorat turizm yo‘nalishida tailandlik sayyohlarni respublikamizga keng jalb qilish maqsadida O‘zbekistonning islom tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasini Tailand musulmon aholisi orasida faol targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Tailand ilmiy doira vakillarini O‘zbekistonga tashriflarini tashkillashtirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Bangkok Islom qo‘mitasi idorasi tomonidan Imom Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-sahih” to‘plamining tay tilida nashr etilgan nusxasini O‘zbekistonda taqdim etilishi maʼlum qilindi.

Mavzuga oid

Yapon buddaviylik tashkiloti O‘zbekiston...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida ushbu davlatdagi yirik buddaviylik tashkiloti -...

Xorijiy davlatlarning Moskvada akkredita...

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosi v...

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida yangi ...

Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida «Amirsoy Ekspress» yangi dor yo‘li ...

So`nggi yangiliklar