Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   Ekologiya

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi aloqalarni jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi


TOSHKЕNT, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Islombek Boqijonov Dushanbe shahrida Tojikiston hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Sheralizoda bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakatning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida ekotizim xizmatlari bo‘yicha tajriba almashish, biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish sohasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. Tojik tomonining Sirdaryo suvining sifati bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh faoliyatida rasmiy ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Chiqindilarni boshqarish sohasida me’yoriy hujjatlar va huquqiy bilimlarni takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish masalalari xususida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ikki davlat qo‘mitalarining tegishli ekspertlar uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

GIZ Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish...

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiy...

SHHTga a’zo davlatlar atrof-muhitni muho...

Kecha Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT)a’zo dav...

AQSHdan munosabat: Orolbo‘yi mintaqasini...

«Tabiiy ofat: Orol dengizi va uning barqaror rivojlanish saboqlari» kitobi muallifi Mark E...

So`nggi yangiliklar