Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Prezident

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar


TOSHKENT, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Joriy yilning 10-11 iyun kunlari Tojikistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Savdo, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini qabul qilingan «yo‘l xarita»lariga muvofiq ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar hamda Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlash va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash maqsadida yaqin muloqot va saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish zarurligini taʼkidladilar.

Shuningdek, bo‘lajak ko‘p tomonlama, shu jumladan Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti 11 mingta milliy ...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, se...

ITSV: Tadbirkor va investorlarning muroj...

O‘zbekiston Prezidenti bilan ochiq muloqotda ishtirok etish uchun tadbirkor va investorlar...

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy darajadagi...

Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat ...

So`nggi yangiliklar