Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Dushanbeda o‘zaro munosabatlarning dolzarb jihatlari va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi


DUSHANBЕ, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Dushanbe shahrida Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sodiq Imomi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zaro munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani, ikki tomonlama hamkorlik yuksalish yo‘lida rivojlanib, amaliy mazmun bilan to‘ldirilayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdi, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligida xorijdagi O‘zb...

Bugun Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda “Xori...

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari BMT...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov BMTning O‘zbekiston...

O‘zbekiston va Mongoliya hamkorligining ...

Bugun O‘zbekiston va Mongoliya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi Hamkorlik protokoli ...

So`nggi yangiliklar