Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Prezident

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari bir-birlarini Ramazon hayiti bilan qutladilar va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar


TOSHKЕNT, 13 may. /«Dunyo» AA/. Bugun  Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birlarini hamda O‘zbekiston va Tojikistonning birodar xalqlarini muqaddas Ramazon hayiti bilan dildan qutladilar, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu hafta Toshkent shahrida Bosh vazirlar raisligida o‘tadigan qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida asosiy vazifa uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni izlash ekani ta’kidlandi.
Muloqot chog‘ida yetakchilar mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlarini ham muhokama qildilar. Shu ma’noda tomonlar Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili sifatida Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat barqarorlashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Olimpiya va Paral...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ...

O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotib...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Prezident matbuot kotib...

O‘zbekiston Prezidenti P4G sammitidagi n...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun ...

So`nggi yangiliklar