Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2020   Siyosat

O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari siyosiy-iqtisodiy maslahatlashuvlar o‘tkazdi


TOShKENT, 23 iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun, 23 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirlari o‘rinbosarlari hamda Turkmaniston tashqi ishlar, savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirlari o‘rinbosarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston – Turkmaniston siyosiy-iqtisodiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda davlatlar rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va doimiy qo‘llab-quvvatlashi sababli O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilib, barqaror rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilar davlat tuzilmalari, hududlar va ikki mamlakatning ishbilarmon doiralari o‘rtasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun qulay sharoit yaratish hamda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi, Ishbilarmonlik kengashi kabi muloqot shakllarining imkoniyatlaridan foydalanish muhimligini ta’kidlashdi. Ikki mamlakat o‘rtasida chegaraoldi savdo zonasini yaratish, eksport qilinayotgan mahsulotlar va xizmatlar nomenklaturasi va miqdorini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar transport, transport kommunikatsiyalari va tranzit sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, suv-energetika muammolarini hal etishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Tadbirda, shuningdek, siyosiy, madaniy va gumanitar sohalarda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston - Janubiy Koreya: taraqqiyot...

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi serqirra hamkorlik izchillik ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Serbiy...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Serbiya elchisi etib tayinlangan ...

Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Prez...

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenb...

So`nggi yangiliklar