Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Aprel/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Ukraina o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatlari o‘rtasida institutsional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda


KIYEV, 4-aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari ushbu mamlakat Oziq-ovqat xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat xizmati rahbari V.Magaletskaya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv mamlakatimizda o‘simliklar karantini tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, mazkur sohaga ilmiy yangiliklar, xalqaro tajriba va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, eksport hajmi va geografiyasini yanada kengaytirish vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va tayyorlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga oid vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Muloqot davomida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari, o‘zaro aloqalar mavjud formatlarini diversifikatsiya qilish yo‘llarini muhokama qildi.

V.Magaletskayaning aytishicha, Ukraina tomoni O‘zbekistonni muhim savdo hamkori deb biladi va shunga ko‘ra muntazam muloqot o‘rnatish ikki tomon uchun ham foydali deb hisoblaydi.

Pandemiya davrida o‘zaro tovar aylanmasi hajmi sezilarli 30 foizga oshganiga qaramay, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi. Muloqot chog‘ida tomonlarning xalqaro savdo doirasida jahon standartlariga o‘tishga bo‘lgan intilishi, shuningdek, o‘simliklar karantini sohasida bitim imzolash zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, tomonlar mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan veterinariya oliy o‘quv yurti bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.

Mavzuga oid

Hindiston teri-poyabzal kompaniyasi Xora...

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida «O‘zcharmsanoat» uyushmasi, Xorazm vil...

Germaniya kompaniyalarining chorvachilik...

Mamlakatimizning Frankfurt (Germaniya)dagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirlig...

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida fransiyalik hamkorlar bilan amalga...

So`nggi yangiliklar