Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   Ta'lim

O‘zbekiston va Vengriya oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi


TOSHKENT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Orshola Paksay-Tomashich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Vengriya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasidagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat o‘rtasida taʼlim sohasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonda Vengriyaning yetakchi universitetlari filiallarini ochish, qo‘shma ilmiy loyihalar va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi bildirildi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, 20-22 iyun kunlari O‘zbekiston – Vengriya rektorlarining birinchi forumida qatnashish, ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq maslalarni muhokama qilish uchun  Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vazirligining davlat kotibi Orsholey Pachay-Tomashich boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid

Taʼlim va fan sohasida ikki tomonlama ha...

O‘zbekiston yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasi raisi Rahmatjon Umarov va mamlakatimizning ...

O‘zbekiston va Malayziya universitetlari...

Kecha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida Toshkentdagi Turin politexnika u...

O‘zbekiston elchixonasi: TDIUda Buyuk Br...

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) va ...

So`nggi yangiliklar