Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2021   Prezident

O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarish vazifalarini muhokama qildilar

TOShKENT, 30 mart. /«Dunyo» AA/. Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari tor doirada boshlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda yangi davrni boshlab berishini ta’kidladi.

Viktor Orban yurtimizga kelganidan mamnunligini bildirib, Vengriya O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Muzokarada siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarini o‘zaro ishonch va keng doiradagi umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanini tasdiqladi. Uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yangi sohalarni ishga solish, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha qarashlar va yondashuvlar umumiy ekani tasdiqlandi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya pa...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Koreya Respublikasi parlament...

O‘zbekiston Prezidenti 10-11 iyun kunlar...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning taklifi...

O‘zbekiston Prezidentiga Toshkent va Sam...

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

So`nggi yangiliklar