Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Yaponiya energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda


TOKIO, 5-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida «Kawasaki Heavy Industries Ltd»  korporatsiyasi bosh menejeri Keyichi Onuki, uning o‘rinbosari Masaside Yosinari, shuningdek, “Marubeni”  korporatsiyasining bosh menejeri va bosh menejer yordamchisi Satoshi Fudji va Yutaka Makino bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir chog‘ida mazkur korporatsiyalar vakillarining O‘zbekistonga safari yakunlari hamda quvvati 17 MVt bo‘lgan yuqori samarali kogeneratsion gaz turbinasi agregatlarini joriy etish loyihasi bilan bog‘liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Loyiha  O‘zbekiston Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi «Farg‘ona IEM va Farg‘ona RK-3  qozonxonasida yuqori samarali kogeneratsion gaz turbinali texnologiyalarini joriy etish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona IEMda 17 MVt quvvatga ega yuqori samarali kogeneratsion gaz turbinali agregatlarni joriy etish loyihasining amalga oshirilishi natijasida  Farg‘ona IEMda har yili qo‘shimcha ravishda 197,24 million kVt/soat elektr energiyasi, shuningdek, 214,5 ming Gkal issiqlik energiyasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichida, yaʼni 2019 yil dekabr oyida «Farg‘ona IEM» AJdan 17 kilometr uzoqlikda 7 MVt quvvatli gaz turbinasi qurilmasi ishga tushirildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning energetika sohasini rivojlantirish, xususan, mamlakatimiz issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va Yaponiyaning ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etishga qaratilgan boshqa loyihalarni amalga oshirish borasidagi o‘zaro hamkorlikning istiqbollari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi JICA direktori bilan...

O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan qo‘s...

«Farg‘ona vodiysida jinoyat va xavfsizli...

Onlayn konferensiyada hududiy prokuratura vakillari, Bosh prokuratura Akademiyasi professo...

Vengriyalik mutaxassislar ijtimoiy va iq...

Kecha Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida yuqori...

So`nggi yangiliklar