Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Iyun/2021   Ilm-fan

O‘zbekiston va Yaponiya ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda


TOKIO, 6 iyun. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Yaponiya fan va texnologiyalar agentligining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Okada Sinsuke va uning o‘rinbosari Nahoko Ando bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Yaponiyaning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Jumladan, ikki mamlakat ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga e’tibor qaratildi:

- ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqot faoliyati;

- O‘zbekistonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish;

- Agentlikning respublikamizdagi ilmiy tashkilotlarga “sanoat - fan – hukumat” zanjiri asosidagi aloqalarni yaratishga ko‘maklashishi;

- O‘zbekistonda ilm-fanni ommalashtirish, ilm-fan va ilg‘or texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

- O‘zbekiston va Yaponiyada Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qo‘shish.

Agentlik tomonidan O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarini Yaponiya hukumatining turli (SATREPS, SICORP, Sakura Science Plan, J-RAPID) dasturlarida qatnashishiga bag‘ishlangan seminar va vebinarlar o‘tkazilishi bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda TEAM universiteti tashkil ...

“TEAM universitetini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Turkiya va O‘zbekiston tilshunoslari zam...

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi Buxoro davlat universiteti bilan hamk...

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot ma...

Avval xabar berganimizdek 17 dekabr kuni onlayn shaklda «Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadq...

So`nggi yangiliklar