Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Oktabr/2022   Ilm-fan

O‘zbekiston va Yaponiya Orol dengizining qurigan tubi hududida tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy stansiya yaratish masalalarini muhokama qilmoqda

 TOSHKENT, 1-oktyabr. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya kecha Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi katta vitse-prezidenti Keichiro Nakazava bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Keichiro Nakazava O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida kredit shartnomasini imzolash uchun Toshkentga amalga oshirgan safarini samimiy esga oldi. O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar unda katta ijobiy taassurot qoldirganini taʼkidlab o‘tdi. O‘z o‘rnida ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga ham respublika rahbariyati tomonidan qaratilayotgan eʼtibor yaqin kelajakda katta natijalar keltirishiga ishonch bildirdi.

Ibrohim Abdurahmonov Yaponiya bilan hamkorlik darajasini yuqori baholab, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berdi. Jumladan, O‘zbek-yapon yoshlar innovatsion markazi faoliyatini takomillashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilgan moliyaviy va infratuzilmaviy o‘zgarishlar, Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya olimlari hamkorligida bajarilayotgan qo‘shma tadqiqotlar qayd etildi.

Tomonlar Orol dengizining qurigan tubi hududida tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy stansiya yaratish, Orolbo‘yi hududini iqtisodiy rivojlantirish, yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida Yaponiyaning kichik innovatsion texnologiyalarini jalb qilishda hamkorlik olib borish masalalarini muhokama qildi.

Startaplarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shma akselerator dasturini tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

 

Mavzuga oid

Buyuk Britaniya kompaniyasi taʼlim sifat...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan Buyuk Britaniyaning x...

“Al-jomeʼ as-Sahih” — hadis ilmida mukam...

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Turkiyanin...

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matematik...

Fanlar akademiyasining V.Romanovskiy nomidagi matematika instituti tarkibida matematika ta...

So`nggi yangiliklar