Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Sayyohlik

O‘zbekiston va Yaponiya turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi


TOKIO, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) raisining o‘rinbosari va Tashqi sayyohlik kengashi raisi Jungo Kikuma bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda bugun O‘zbekistondagi izchil va maqsadli saʼy-harakatlar natijasida epidemiologik vaziyat sezilarli darajada barqarorlashgani taʼkidlandi. «Uzbekistan. Self travel GUARANTEED» xavfsiz turizmni taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, ayrim xorijiy davlatlar bilan xalqaro reyslar tiklanayotgani, mahalliy va xorijiy kompaniyalarga O‘zbekistonga sayohatlar uyushtirishda imtiyozlar berilayotgani bildirildi.

Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari, shuningdek, joriy yilda Yaponiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini tiklash imkoniyatlarini muhokama qildi.

Uchrashuvda Yaponiya sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning chet ellik sayyohlarni qabul qilish bilan bog‘liq vaziyat bilan tanishish maqsadida O‘zbekistonga safarini birgalikda tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Xitoy nashrlarida O‘zbekistonda qayta ti...

Xitoyning yetakchi axborot agentligi “Sinxua” O‘zbekistonda sayyohlik sohasining tiklanish...

Pokistondan O‘zbekiston ziyorat turizmi ...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi ...

Samarali strategiya O‘zbekistonda xalqar...

Malayziya turizm agentliklari va operatorlari assotsiatsiyasi (МАТТА) vitse-prezidenti Oqi...

So`nggi yangiliklar