Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Dekabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston va Yaponiya vakillari sarmoyaviy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi


 TOKIO, 3 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonlik diplomatlar Yaponiyaning «MUFG Bank, Ltd.» banki vitse-prezidenti Xitoshi Takeuchi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, jumladan, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun «MUFG Bank, Ltd.» kredit liniyalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Elchixona yapon banki vakillariga O‘zbekistonda xususiy biznes uchun kredit liniyalari hamda mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha ishlarni faollashtirishni taklif qildi. «MUFG Bank, Ltd.» kompaniyasi vitse-prezidenti, o‘z navbatida, bank mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.

Muzokaralar natijasida hamkorlikni davom ettirish, jumladan, «MUFG Bank, Ltd.» kredit liniyalarini xususiy tadbirkorlik sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

«MUFG Bank, Ltd.» - Yaponiyadagi eng yirik banklardan biri hisoblanadi. U 2006 yil «Bank of Tokyo-Mitsubishi, Ltd.» va «UFJ Bank Ltd. MUFG» banklarining qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Ertaga Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining...

Janubiy Koreya bilan jamoat xavfsizligi ...

Mamlakatimizda bo‘lib turgan Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi birinchi o‘rinbos...

O‘zbekiston – Rossiya: investitsiyaviy v...

O‘zbekiston – Rossiya: investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishl...

So`nggi yangiliklar