21/Yanvar/2022 Iqtisodiy diplomatiya
TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi moliyaviy-texnik ko‘mak bo‘limi boshlig‘i Fransua Bejo bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Uchrashuv davomida Yevropa Ittifoqi bilan moliyaviy-texnik yordam yo‘nalishidagi hamkorlikning istiqbollari, shu jumladan, «Iqtisodiy va raqamli diplomatiya» loyihasining ikkinchi bosqichiga Yevropa Ittifoqining ko‘magini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan ko‘p yillik indikativ dasturini mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralarini jalb qilgan holda samarali amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.