Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari telefon muloqoti chog‘ida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi


 TOSHKENT, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” va “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Yevropa tomoni O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarini yuqori baholadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining bir...

O‘zbekiston TIV birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Qo‘shilmaslik harakatining yubiley sam...

Markaziy Osiyo davlatlari, Pokiston va X...

Pokiston tomonining tashabbusi bilan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Ero...

O‘zbekiston TIV rahbari Stokgolm shahrid...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Stokgolm shahrida Vengriya tashq...

So`nggi yangiliklar