Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Ta'lim

O‘zbekiston vakillari Misrda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

QOHIRA, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari G‘ulomiddin Xolboyev va mamlakatimiz elchixonasi xodimlari 24-25 sentyabr kunlari Misr Vaqf vazirligining Islom oliy kengashi tomonidan tashkil etilgan «Ijtihod – zamon talabi. Uning ko‘rinishlari, shartlari va ulamolari» mavzusidagi 33-xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ikki kun davom etgan ushbu anjumanda dunyoning 55 davlatidan 200 nafardan ortiq vazir, muftiy, olim va mutafakkirlar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashdi.

Konferensiyada islom olamidagi ilmiy-tadqiqot markazlari, diniy idoralar vakillari va taniqli ulamolarning mavzu bo‘yicha maʼruzalari tinglangani barobarida mavjud muammolarni hamkorlikda yechish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Anjuman yakunida butun dunyo ulamolari ijtihod va boshqa muhim masalalarda o‘zaro hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga kelishib olindi, shuningdek, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari ...

Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy va taʼlim sohasidagi aloqalarni yana-da kengaytir...

Xorazmda fizika-matematika maktab-intern...

Bugun Xorazm viloyatining Shovot tumanida 45 yildan beri faoliyat yuritib, yetuk kadrlar y...

YUNESKO bilan taʼlim sohasida hamkorlikn...

O‘zbekistonning YUNESKO qoshidagi Doimiy vakolatxonasi mazkur xalqaro tashkilot Bosh direk...

So`nggi yangiliklar