Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Sentabr/2021   Sport

O‘zbekiston vakillari yozgi Paralimpiya o‘yinlarini 19 medal bilan yakunladi


 TOSHKENT, 5 sentyabr. “Dunyo” AA/. Bugun Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni.  Ushbu musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan paralimpiyachilarimiz kecha o‘z ishtiroklarini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining 4 sentyabr kungi bahslarida mamlakatimizning so‘nggi to‘rt nafar atleti  qatnashdi. Biz uchun quvonarlisi, para-taekvondochimiz Guljanoy Naimova jamoamiz uchun Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga chiroyli yakun yasab berdi. Hamyurtimiz Braziliya vakiliga qarshi kechgan final bahsida g‘alaba qozonib, oltin medal sohibasiga aylandi.

Shiddatli kechgan jangda Guljanoy o‘zining aniq va ishonchli harakatlari bilan raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. Qayd etish joiz, ushbu sportchimiz Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida delegatsiyamiz nomidan ishtirok etgan so‘nggi vakilimiz bo‘ldi.

Shu tariqa, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Maʼlumot uchun, Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik 32 ta paralimpiyachi umumiy 5 ta sport turidan bahslarda qatnashgan va 31 ta medalga sazovor bo‘lgan edi.

Mavzuga oid

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti ...

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer Toshkentga keldi.

Qarshining “Nasaf” futbol klubi Markaziy...

Osiyo Futbol konfederatsiyasi (OFK) rasmiy sayti tomonidan o‘tkazilgan Markaziy Osiyoning...

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ishti...

Joriy yil 24 avgust-5 sentabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpi...

So`nggi yangiliklar