Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyul/2021   Sport

O‘zbekiston vakillaridan iborat havaskorlar futbol klubi Janubiy Koreyadagi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi


 SEUL, 27 iyul. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning Asan shahrida ushbu davlatda yashayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari tomonidan tashkil etilgan havaskor futbol jamoalari o‘rtasida futbol turniri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Turnirda yaqinda tashkil etilgan o‘zbekistonlik migrant ishchilar va talabalardan iborat “UKMJ”, Janubiy Koreyadagi tadbirkorlar jamoasi – “GBA”, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolaridan tashkil topgan «Seoul Nomads» futbol klublari o‘zaro bellashdi.

O‘zbekistonlik migrant ishchilar va talabalardan iborat  “UKMJ” klubi mamlakatimiz elchixonasi, «Lazzat halal food» go‘sht mahsulotlari firmasi, “Lazzat” restorani, shuningdek, jamoaning ko‘ngilli ustozi – «Turk Karavan Restoranlari» tarmog‘i taʼsischisi Senanbey tomonidan qo‘llab - quvvatlab kelinmoqda.

 Turnirda  “UKMJ” o‘zbek havaskor futbol jamoasi ancha tajribali va  shakllangan “GBA” va «Seoul Nomads» jamoalariga munosib qarshilik ko‘rsata oldi.

 Har ikki uchrashuvda “UKMJ” raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay,  yirik hisoblarda  g‘alaba qozondi va turnirning bosh savrinini qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida g‘olib jamoa turnir tashkilotchilari  va homiylari tomonidan rag‘batlantirildi.

Turnir yakunida barcha futbol jamoalari aʼzolari va ishqibozlarga Seul shahridagi “Lazzat” restorani bosh oshpazi Mahmud Abdullayev tomonidan dasturxon yozilib, o‘zbek milliy taomi - palov ulashildi.

Mavzuga oid

Moskvaning “Spartak” futbol klubi Oston ...

Moskvaning “Spartak” klubi “Ufa” tarkibida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik Oston O‘runovni ...

Toshkent yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi O...

Bugun Toshkent shahar hokimiyatida Vazirlar Mahkamasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi...

Bangkokning «Lumphini Park» bog‘ida Sama...

Bugun mamlakatimizning Tailandagi Bosh konsulxonasi tomonidan Bangkok shahridagi «Lumphini...

So`nggi yangiliklar