Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakov: AQSHdagi o‘zbek sanʼatkorlari yangi Konstitutsiya loyihasini olqishlaydi

 VASHINGTON, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. Nyu-York shahridagi “Shashmaqom” maktabi asoschisi va rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakov O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasiga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartirishlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


- «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan jamoamiz to‘liq tanishib chiqdi. O‘tkazgan muhokamalar jarayonida har bir soha, xususan ijtimoiy jabhalar to‘liq qamrab olinganligini kuzatdik.

Konstitutsiyaga kiritilishi taklif qilingan o‘zgartirish va qo‘shimchalar referendum jarayonida tasdiqlangan taqdirda, ushbu xujjat O‘zbekiston xalqining siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, qolaversa mamlakatning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi, deb hisoblayman.

O‘zbekistonda boshlangan ulkan islohotlarni samarali amalga oshirishda ushbu masalalarning ahamiyati kun sayin tobora ortib borayotganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.

Aynan shu sababli O‘zbekiston yoshlariga konstitutsiyani chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilishni hayot tajribasiga ega inson sifatida maslahat beraman.

Tug‘ilib o‘sgan yurtimizdan olisda istiqomat qilishimizga qaramay, O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni muntazam kuzatib borayapmiz. Fursatdan foydalanib, ona Vatanimda olib borilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimni yana bir bora taʼkidlamoqchiman.

 

Mavzuga oid

Tojikistondagi O‘zbekiston fuqorolari Ko...

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan referendum uchastkasi...

Germaniyadagi vatandoshlar: Asosiy qonun...

Germaniyada ishlayotgan va tahsil olayotgan yosh vatandoshlarimiz “Dunyo” AA uchun interv...

O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiya...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya aʼzo...

So`nggi yangiliklar