Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   Ta'lim

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari Janubiy Koreyaning Sunmun universiteti prezidenti uchrashdilar

SEUL, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya vakillari Janubiy Koreyada samarali uchrashuvlar o‘tkazayotir, deb xabar qilmoqda  “Dunyo”  AA muxbiri.


Navbatdagi muloqot mamlakatdagi yetakchi xususiy taʼlim muassasalaridan biri - Sunmun universiteti prezidenti San Jo Xvang bilan bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi Nilufar Kiyamova assotsiatsiyaning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Sunmun universiteti prezidenti bugungi kunda ushbu taʼlim muassasida 150 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotganini maʼlum qildi. O‘zaro kelishuvga binoan, joriy yil avgust oyidan Farg‘onadagi Koreya xalqaro universitetining 112 nafar talabsi “3+1” dasturi orqali taʼlimni Sunmun universitetida davom ettirish uchun kelishlari bildirildi.  

Uning aytishicha, mazkur dastur Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti va Sanmum universiteti o‘rtasida 2020 yilda imzolangan shartnoma asosida ilk marotaba amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjatga ko‘ra, talabalar 3-kursgacha Farg‘ona shahrida va bir yil Koreya Respublikasida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Istiqbolda ushbu dasturni “2+2” shakliga o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, o‘zbekistonlik talabalar 2 yil O‘zbekistonda va 2 yil Janubiy Koreyada bilim olishi, magistraturada ham o‘qishni davom ettirishi mumkin. Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning ushbu yetakchi universitetlari bilan imzolangan shartnomaga asosan, o‘zbekistonlik talabalar nafaqat O‘zbekistonda, balki Koreya Respublikasida ham tan olingan diplomga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, universitet bitiruvchilari diplomdan tashqari maxsus texnik sertifikat olishadi va bu sertifikat bilan Janubiy Koreyaning “Samsung”, “LG”, “Hyundai” kabi yetakchi kompaniyalariga ishga joylashishi mumkin bo‘ladi. 

«Kichik global qishloq» deb nomlangan Sunmun universitetida hozirgi paytda 76 mamlakatdan 1647 nafar xorijlik talaba tahsil olmoqda. Universitet dunyoning 43 davlatidagi 154 ta taʼlim muassasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur oliy taʼlim dargohida o‘zbekistonlik talabalar sonining salmoqli ekanligini hisobga olib, tomonlar yaqin vaqt ichida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bilan Sunmun universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

Muloqot yakunida delegatsiya aʼzolari universitet faoliyati bilan tanishdi hamda o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Latviya texnik kadrlar t...

Kecha Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) rektori Sadriddin Turobjonov Latviya poy...

Jahon banki Toshkent shahridagi 20-umumt...

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi i...

Subuki universiteti bilan qo‘shma loyiha...

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Yaponiyaning Sukuba shahriga amaliy safar qildi

So`nggi yangiliklar