Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2021   Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 2020 yilda 79,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarilgan


TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatimizda 2020 yilda faoliyat yuritgan 1 ming 23 ta metallurgiya sanoati korxonasi tomonidan 79,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Navoiy viloyati (56,9 %), Toshkent viloyati (36,0 %) va Toshkent shahri (6,1 %) metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘ldi.

 Maʼlumot o‘rnida, 2020 yilda 1,2 mlrd. dollar qiymatidagi metallurgiya sanoati mahsulotlari eksport qilingan. Bu respublika umumiy eksport hajmining 8,2 % ini tashkil etgan.

Mavzuga oid

O'zbekiston va Tojikiston Zarafshon dary...

O'zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish, ekspluatasiya qilish tar...

O‘zbekiston Janubiy Uralga meva va sabza...

Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Sergey Sushkov O‘zbekistondan import qilinayo...

Pokiston kompaniyasi Namanganda yirik lo...

Namangan viloyati hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov poki...

So`nggi yangiliklar