Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Oktabr/2020   COVID-19

O‘zbekistonda 24-oktabr kuni koronavirusdan 309 nafar bemor sog‘aydi


TOSHKENT, 25-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda 24-oktabr kuni 291 holatda kasallik qayd etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligi manbasiga asoslanib.

Eʼtiborli jihati, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent,  Sirdaryo, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlarida 309 nafar bemor tuzaldi.

Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 545 nafarga yetdi.

Hozirgi kunda kasallik qayd etilgan jami 65 ming 102 nafar bemordan 62 ming 342 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 ming 215 nafar bemordan 281 nafari og‘ir, 77 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid

Laurel Grey: sinovli kunlar bizni birlas...

Laurel Grey Vashington shahridagi uyi peshtoqida koronavirusga qarshi kurashda o‘zbek xalq...

Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanay...

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov “O‘zbekiston-24” telekanali o...

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qa...

2-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan shaxsl...

So`nggi yangiliklar