Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   COVID-19

O‘zbekistonda 28 oktyabr kuni 256 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi


TOSHKENT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra,  kecha  O‘zbekistonda 256 kishida koronavirus infeksiyasi  qayd etilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eʼtiborli jihati, kecha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida 281 nafar bemor tuzaldi.

Shu bilan birga, kecha 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 558 nafarga yetdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 66 ming 200 nafar bemordan 63 ming 446 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 ming 196 nafar bemordan 271 nafari og‘ir, 74 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid

Pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xa...

Shavkat Mirziyoyev 17 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda xalqaro moli...

Maxsus komissiya O‘zbekiston aholisiga m...

Murojaatda, jumladan shunday deyiladi:

SSV: Oʼzbekistonda koronavirusga chaling...

Аyni paytgacha Oʼzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 5 nafarga ...

So`nggi yangiliklar