Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Noyabr/2022   O‘zbekistonning TDTga raisligi

Qozog‘istondan munosabat: O‘zbekiston TDT raisi sifatida «Turkiy dunyo nigohi – 2040» konsepsiyasi va TDT strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha jiddiy saʼy-harakatlarni amalga oshirish niyatida

OQTOV, 15 noyabr. /“Dunyo” AA/. Maxambet Utemisov nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston universitetining Jahon tarixi va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti Turar Shayxiyev Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


- Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti xalqaro turkiy birlik instituti rivojida yangi sahifani ochdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan TDTning birinchi sammitidagi nutqida tashkilotga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratdi. «So‘nggi paytlarda jahonning turli nuqtalaridagi ziddiyatli voqealar turkiy dunyoning umumiy xavfsizligiga ham taʼsir o‘tkazayapti. Bunday murakkab vaziyatda terrorizm, ekstremizm, yoshlarning radikallashuvi, odam savdosi, narkotrafikka qarshi kurashish, jamoat va kiberxavfsizlikni taʼminlash sohalarida huquqni muhofaza qiluvchi va maxsus xizmatlarimiz doimiy aloqada bo‘lishi hamda hamkorlikni kuchaytirishi lozim», dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida, shuningdek,  TDTga aʼzo davlatlar mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash, keng hududni qamrab olgan holda tashkilot nufuzini mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. 170 milliondan ortiq aholiga ega, eng muhimi, tarixi, tili va madaniyati mushtarak qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da yuksak bosqichga olib chiqish ekanini qayd etdi.

Bundan tashqari, davlat rahbari savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda bir qancha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston Prezidenti taʼkidlaganidek, turkiy xalqlarning eng muhim vazifasi – o‘z merosini asrab-avaylash, o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish «Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri» poydevorini qo‘yish imkonini beradi.

O‘zbekiston TDT raisi sifatida «Turkiy dunyo nigohi – 2040» konsepsiyasi va Turkiy davlatlar tashkiloti strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha jiddiy saʼy-harakatlarni amalga oshirish niyatida. Shavkat Mirziyoyevning asosiy g‘oyasi – TDT doirasida strategik yo‘nalishdagi vaziyatni tubdan o‘zgartirish, savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlash uchun Tashkilot doirasida  «Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududini»ni barpo etish hamda  qo‘shma dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan yillik «Yo‘l xaritalari»ni qabul qilishdir.

O‘zbekiston taklifi bilan TDT tomonidan 2023 yil Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili, deb eʼlon qilindi.

Mavzuga oid

Hindiston ommaviy axborot vositalari Sam...

Hindistonning “Diplomatist”, “Sarkaritel” va “Diplomacyindia” onlayn-nashrlarida Samarqand...

Turkiy davlatlar tashkilotining Investit...

Bugun Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Tashkilotga aʼzo d...

Olmaotadan munosabat: O‘zbekiston - umum...

Yevroosiyo tadqiqot instituti direktori, doktor Suat Beylur 11 noyabr kuni Samarqand shahr...

So`nggi yangiliklar