Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Iyul/2020   COVID-19

O‘zbekistonda yana 289 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi


TOSHKENT, 18- iyul. /“Dunyo” AA/. 18- iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 289 taga ortib, 15 ming 896 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligi  jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi manbasiga asoslanib.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 52 nafari Sirdaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 98 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 9 nafari Namangan viloyatida hamda 4 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 9 ming 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 6 ming 813 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid

SSV: koronavirus infeksiyasiga qarshi ku...

Bugun, 29 mart kuni Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasining koronavirus infe...

Nurmat Otabekov: yaqin kunlarda ijobiy k...

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mamlakatimizda koronavirus b...

COVID-19: Mamlakatimiz xududlari bo‘ylab...

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, chorshanba kuni Toshkent va Nuk...

So`nggi yangiliklar