Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Iyun/2022   Hamkorlik

O‘zbekistonda AQSHning yetakchi innovatsion platformalaridan birining vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qilindi

 VASHINGTON, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya AQSHning yetakchi innovatsion markazlaridan biri - «Plug and Play» rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda AKT sohasida Amerikaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirish, O‘zbekistonda masofaviy xizmat ko‘rsatish markazlarini autsorsing qilish uchun isteʼdodli mutaxassislarni jalb etish, respublikada «Plug and Play» ofisini ochish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Amerika innovatsion markazining vakolatxonasi mahalliy korporatsiyalar va agentliklarga startaplar bilan yaqin hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatimizda startap ekotizimini rivojlantirishni tezlashtirishga yordam berishini taʼkidladi.

Bundan tashqari, «Plug and Play» bilan hamkorlik mahalliy startaplarga xalqaro bozorga chiqishda ham yordam beradi. Amerika kompaniyasi startaplarni va ularning o‘sishini qo‘llash va tanlashda, venchur sarmoyalarini jalb qilish uchun yirik korporatsiyalar bilan aloqalarni o‘rnatishda yordam berishi kutilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida mamlakatimizda bunday noyob ekotizimni yaratish yosh startaplarimiz uchun UNICORN, bozor qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan startap kompaniyalari darajasiga ko‘tarilgan loyihalarga ega bo‘lish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi taʼkidlandi.

«Plug and Play» - bu startaplar, korporatsiyalar, venchur kapital firmalari, universitetlar va davlat idoralarini birlashtirgan yetakchi innovatsion platformadir. Silikon vodiysida joylashgan kompaniya beshta qitʼada 40 dan ortiq ofisiga ega. «Plug and Play» turli sohalarda innovatsiyalarni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z fondiga ega. U yuzlab muvaffaqiyatli kompaniyalarga, shu jumladan “Dropbox”, «Guardant Health», “Honey”, “PayPal”ga sarmoya kiritgan.

 

 

Mavzuga oid

Toshkent TDT va IHTga aʼzo davlatlar ...

3-6 iyun kunlari Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) va Iqtisodiy hamkorli...

Malayziya kompaniyasi - O‘zbekiston Savd...

Joriy yil 15 avgust kuni mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi ko‘magida Malayziyaning “A...

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekisto...

Xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bil...

So`nggi yangiliklar