Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Oktabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish va ularning jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan islohotlar Xitoy OAV diqqat markazida

 PEKIN, 1-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Nufuzli “Xitoy” jurnalida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonovaning «Ayolga hurmat-ehtirom – jamiyat farovonligi va demokratlashuvining muhim mezonidir» sarlavhali  maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Nashrda qayd etilganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan.

«Keyingi yillarda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, jamiyatdagi rolini kuchaytirish, oila institutini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi, - deb yozadi muallif. - O‘zbekiston ayollarni har qanday kamsitishlardan himoya qiluvchi barcha asosiy hujjatlarga qo‘shildi».

Maqolada taʼkidlanganidek, O‘zbekistonda «Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari to‘g‘risida», «Ayollarni taʼqib va ​​zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida», «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilingan. Qonun hujjatlarining majburiy gender-huquqiy ekspertizasi joriy etildi.

Muallif O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 7 martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan 2022-2026 yillarda mamlakat ijtimoiy hayotida xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarida faolligini oshirishga qaratilgan Milliy dastur, shuningdek, 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganiga alohida eʼtibor qaratgan. 

«Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan yangiliklar mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirishga qaratilgan, — deydi Senat qo‘mitasi raisi. – Xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida ularni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish orqali bandligini taʼminlashga ko‘maklashish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda».

Maqolada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida milliy parlamentdagi xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, 32 foizni tashkil etgani qayd etilgan. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning ulushi 35 foizni tashkil qilmoqda, oliy taʼlimda esa 46 foizdan oshdi.  1 ming 500 nafarga yaqin mutaxassis xotin-qizlar turli darajadagi rahbarlik lavozimlariga tayinlangan.

«Davlat inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini himoya qilishda bosh islohotchiga aylanib bormoqda. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ularning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish Yangi O‘zbekistonda uchinchi Uyg‘onish davri avlodini shakllantirishning asosiy shartidir», deb yozadi  “Xitoy” jurnali.

      

Mavzuga oid

Avstriya ommaviy axborot vositalari ma...

Avstriyaning qator yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan mamlakatning Yevropa va ...

O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiy...

Islom hamkorlik tashkilotining Malayziyada nashr etiladigan «OIC Today» ixtisoslashtirilga...

Turkmaniston axborot agentligi «Innoprom...

Turkmaniston axborot agentligi «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doira...

So`nggi yangiliklar