Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   Dolzarb

O‘zbekistonda besh yil mobaynida amalga oshirilgan eng muhim islohotlar Indoneziya OAV nigohida


JAKARTA, 29 iyul. /«Dunyo» AA/. Indoneziyaning  «Klikanggaran» yangiliklar saytida “Shavkat Mirziyoyev Prezidentligidagi 5 yil mobaynida 15 yo‘nalishdagi o‘ta muhim islohotlar amalga oshirildi” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

“2017 - 2021 yillar  O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuskorligidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarning davri sifatida nazarga tushdi. Jadal islohotlar barcha sohalarni, jumladan, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy jabhani, xavfsizlik va mudofaa, millat va elatlararo hamjihatlik, diniy bag‘rikenglik hamda tashqi siyosatni qamrab oldi”, - deb yozadi nashr.
Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekistondagi “Yuksalish” milliy harakati so‘nggi besh yil mobaynida mamlakatdagi salmoqli o‘zgarishlarga ko‘maklashgan eng samarali tashabbus va islohotlarni aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdi.
Uning natijalari bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15 tarixiy va eng muhim islohotlari aniqlab olindi. Ekspertlarning fikr bildirishlaricha, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining qaror topgani o‘ta muhim tashabbus hisoblanadi, deb xabar beradi «Klikanggaran» yangiliklar sayti.

Mavzuga oid

Biz Buxoroda, siz ham keling!

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan hisoblangan «Haber» AA saytida «Biz Bux...

Fransiyadan munosabat: Markaziy va Janub...

Fransiya Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasi prezidenti Frederik Bres...

Yaponiya bilan ilm-fan sohasidagi hamkor...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi vakillari va mamlakatimiz Oliy va o‘rta maxsus ta...

So`nggi yangiliklar