Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Noyabr/2020   Sport

O‘zbekistonda birinchi bolalar velopoygasini o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolandi


TOSHKENT, 19-nyaobri /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) hamkorligida maktabgacha taʼlim muassasalarini bolakaylarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy begovellar (bolalar uchun pedalsiz velosipedlar) bilan taʼminlash, O‘zbekistonda birinchi bolalar velopoygasini o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bundan maqsad yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini jadal rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasidagi vazifalar ijrosini taʼminlashdan iborat.

Xususan, davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ham maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, oliy o‘quv yurtlari hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish alohida belgilab o‘tilgan.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, mamlakat velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin va YEXHTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Jon Makgregor ishtirok etdi.

Memorandumdan, shuningdek,  yosh bolalarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoit yaratish, respublikamizning barcha hududlaridagi maktabgacha taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich begovellar bilan taʼminlash va boshqa vazifalar o‘rin olgan.

Mavzuga oid

Olimpiada mash’alasi Gretsiyadan Yaponiy...

Tokio shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining mash’alasi To...

O‘zbekiston ayollar o‘rtasidagi jahon ch...

OFK 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogi bahs...

«Bosh vazir kubogi-2020: Tashqi ishlar v...

Poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yiri...

So`nggi yangiliklar