Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/May/2021   Sport

O‘zbekistonda boksni yanada rivojlantirish vazifalari tasdiqlandi


TOShKENT, 1 may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidentining «Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Hujjatda mamlakatimizda yoshlarning boksga bo‘lgan ommaviy qiziqishini inobatga olib, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) tizimini yanada takomillashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularning moddiy rag‘batlantirilishini yaxshilash, shuningdek, o‘zbek boksining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida boksni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Hujjatda Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, konsepsiyani 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilishi belgilandi.

Konsepsiyani hayotga tadbiq etish orqali 2025 yilgacha sport ta’lim muassasalaridagi boks bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar soni 27 mingtaga yetkaziladi, kelgusi 5 yil ichida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 7 ta boks zali tashkil etiladi. Boks bo‘yicha terma jamoalarning 46 ga yaqin xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki ta’minlanadi.

Prezident qarori bilan Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi hamda Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklarining mazkur viloyatlarda Turizm va sport vazirligi huzurida boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablarini davlat muassasasi sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Boks maktablarida:

-faoliyat iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olinadi va ular, asosan, milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo‘naltiriladi;

-o‘qish 7-sinfdan tashkil etiladi, ta’lim olish muddati 5 yil etib belgilanadi;

-o‘quvchilarga bepul ta’lim olish, olimpiya zaxiralari kollejlarining o‘quvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda o‘quvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi;

-rahbarlar, trenerlar, sportchilar va boshqa xodimlarga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.

Boks bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulotlar bazasini yaratish maqsadida Angren shahri, Yangiobod qo‘rg‘oni hududida joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari sport kolleji balansidagi 1,5 gektar maydonga ega bo‘lgan sobiq stadion, suzish havzasi, shuningdek, oshxonani 2029 yil 31 dekabrga qadar O‘zbekiston boks federatsiyasiga maqsadli tekin foydalanish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Bunda mazkur hudud atrofida sport zali, yotoqxona, oshxona hamda boshqa maishiy-xizmat bino va inshootlarni qurish uchun 1 gektar yer maydoni ajratilishi ta’minlanadi.

Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Zakovat ko‘chasi, 2-uyda joylashgan sobiq Sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosi, shuningdek, sport inshooti va yonidagi sport maydoni O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan investitsiya majburiyati asosida sotib olinishiga rozilik berildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik yosh velosportchi Italiya...

O‘zbekistonlik yosh velosportchi Italiya klubi bilan shartnoma tuzdi.

Xanchjou – 2022 tashkiliy qo‘mitasi «Osi...

Xanchjou – 2022 XIX Osiyo o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarga bag‘ishlangan bo...

O‘zbekiston «Madaniyat karvoni» avtopoyg...

Bugun “Toshkent-Orol” yo‘nalishi bo‘yicha «Madaniyat karvoni» avtopoygasiga rasman start b...

So`nggi yangiliklar