Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Oktabr/2020   Iqtisodiyot

O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirishni yana-da kengaytirish vazifalari belgilandi


TOSHKENT, 28-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur hujjatga ko‘ra, transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari, korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar, xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari ro‘yxati shakllantirildi.

Shuningdek,  davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro‘yxati taqdiqlandi.

 Farmonga ko‘ra, 32 ta yirik davlat korxonasi va xo‘jalik birlashmasi transformatsiya qilinadi, 15 ta davlat ko‘chmas mulk obyekti xususiy sektorga sotiladi.

Shuningdek, 274 ta davlat ulushlari bor korxona, 109 ta gazeta, nashriyot va jurnal, 26 ta axborot texnologiyalari korxonasi va kompyuter xizmatlari ko‘rsatish markazi, 27 ta tibbiyot muassasasi, 12 ta yog‘-moy sanoati korxonasi, 31 ta vinochilik tarmog‘i va sharob savdo korxonasi to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi belgilangan.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.

Mavzuga oid

O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istag...

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev ushbu mamlakatning qator yetakchi moliya...

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining m...

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining modernizatsiya va qayta qurish loyiha hujjatlarini ...

O‘zbekiston-Vengriya sammiti: Sanoat koo...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orba...

So`nggi yangiliklar