Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2023   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekistonda diplomatik kadrlarni tayyorlash sohasida Misrning Diplomatik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlik qilinadi

QOHIRA, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti direktori, elchi Valid Haggog bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida  tashkil etilgan Diplomatik akademiya va uning faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda Diplomatik akademiyada zaxiradagi diplomatlarni tizimli tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli kurslar yo‘lga qo‘yilgan. Akademiyaning yaqin rejalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralari vakillarini intensiv tarzda qisqa va uzoq muddatli asosda tayyorlash, shu jumladan, magistrlik dasturlari va oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim bosqichini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Valid Haggog Toshkentdagi Diplomatik akademiyada olib boriladigan kurslarga respublikaning katta amaliy va ilmiy tajribaga ega yetakchi mutaxassislari, olimlar, xorijiy davlatlarning diplomatik va ekspert-tahlil doiralari vakillari jalb etilayotganini yuqori baholadi.

Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti direktori, shuningdek, o‘zi rahbarlik qilayotgan institut faoliyati to‘g‘risida maʼlumot berdi.

«O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,  Diplomatik akademiya rahbariyati hamda  JIDU tarkibidagi Xorijiy tillarni o‘qitish til markazi bilan o‘zaro munosabatlarni muhokama qilishga tayyormiz», dedi   Valid Haggog.

 Maʼlumot uchun: Misr Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik tadqiqotlar instituti 1966 yili tashkil etilgan.  Institut mamlakat tashqi siyosatida xizmat qiluvchi yetuk kadrlar yetishtirish, hukumat idoralari xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etishda katta tajribaga ega nufuzli taʼlim maskani hisoblanadi.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekist...

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi va Saudiya Arab...

Budapeshtda O‘zbekiston va Vengriya tash...

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligining sharqiy...

Parijda O‘zbekiston Respublikasi Konstit...

Asosiy qonunimiz qabul qilingan shonli sana nafaqat yurtimizda, balki chet ellarda xam ken...

So`nggi yangiliklar