Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Media

O‘zbekistonda gender tengligi siyosati Quvayt ommaviy axborot vositalari nigohida


AL-QUVAYT, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. Quvaytning «al-Shaxid» gazetasida O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha iilliy markazi direktori, akademik Akmal Saidovning «Yangi O‘zbekistonning gender siyosati» sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Maqolada gender tengligi siyosati O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganligi qayd etilgan. Mamlakat Prezidenti ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotda va davlat ishlarida rolini kuchaytirish bilan bir qatorda, bunday siyosatning asosini tashkil etishini munosib ravishda ta’kidladi.

Yaqinda BMTning 2030 yilgi barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish doirasida O‘zbekistonning ayollarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar BMT Bosh assambleyasi 75-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi, deb ta’kidlangan materialda.

BMT va Parlamentlararo ittifoq ekspertlariga ko‘ra, ushbu sohada O‘zbekistonda kuzatilayotgan tendensiyalar ayollarning hokimiyatning yuqori darajalarida vakillik darajasini oshirish, gender omilini yo‘q qilish bo‘yicha global jarayonlarga mos keladi.

O‘zbekiston BMTning konvensiya organlari bilan ayollarni kamsitishning barcha shakllarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiya, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi doirasida ayollarning mavqeini oshirish va ularning huquqlarini kengaytirish sohasida hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, respublikaning IHK doirasidagi faoliyati haqida to‘xtalib, gender tengligiga erishish sohasida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbar ayollari muloqoti, shuningdek, biznes-forum tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Maqola yakunida O‘zbekistonning ushbu sohadagi sa’y-harakatlari mamlakatdagi 17 milliondan ziyod ayollar uchun munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilgan, deb ta’kidlangan.

Mavzuga oid

O‘zJOKU talabalari uchun Turkiyalik muta...

Mamlakatimizning Ankaradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komm...

O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar xo...

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xorijiy davlatlar ommaviy axb...

Toshkentda o‘tgan «INNOPROM» xalqaro san...

Pokistonning «Pakistan Economic Net» axborot portali o‘zining veb-saytida «Rossiyaning 300...

So`nggi yangiliklar