27/Yanvar/2021 COVID-19
TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bu haqda bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media-xolida o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Bоtir Qurbonov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri
O‘zbekistonda ayni paytga qadar 4 ming 617 dan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. Shuningdek, Koronavirusga qarshi emlash jarayonini rejalashtirish va tibbiyot xodimlarini “Xavfsiz immunizatsiya” shartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha vaksinatorlar ro‘yxati shakllantirilgan.
Taʼkidlanishicha, 2021 yilning 1 fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash trening va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
— Xitoyning «Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasini xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 5 ming nafar ko‘ngillilar orasida immunizatsiya tadbirlarini o‘tkazilishi uchun vaksina olib kelingan, — dedi shtabi aʼzosi Bоtir Qurbonov. — Respublikaga 8 nafar xitoylik mutaxassis kelgan, bugungi kunda Innovatsiyani rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 3-faza klinik bosqichi o‘tkazilmoqda.
Brifingda ko‘ngillilarni tibbiy ko‘rik va skriningdan o‘tkazish ishlari 2020 yilning 12 dekabridan boshlangani va joriy yil 27 yanvariga qadar 9 ming 583 nafar ko‘ngilli tibbiy ko‘rik va suhbatdan o‘tkazilgani maʼlum qilindi.